“Haqiqatan ham, yozda, jumladan, iyul oyida, deyarli har yili Magadan viloyatining markaziy hududlariga qor tushadi. Bu yil mintaqada g'ayritabiiy issiq bo'ldi – plyus 37 daraja. Hozir havo harorati deyarli nolga tushib ketdi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq qutqaruvchilar Magadan viloyatida kuchli yomg'ir yog'ishi haqida favqulodda ogohlantirish bergan edi. Ular mintaqada yog'ingarchilik yo'llarni yuvib ketishi mumkinligini ma'lum qilishib, aholiga hozircha aholi punktlaridan tashqariga chiqmaslikni tavsiya qilishgandi, deb xabar beradi ria.ru.