Unga ko'ra, Eronning qurol darajasiga yaqin boyitilgan uran zahiralari kamayib, ular uchta atom bombasi ishlab chiqarish mumkin bo'lgan nazariy chegaradan ham past bo'lib qolgan.
Agentlikning ta'kidlashicha, yuqori martabali diplomat Eron hozirda oyiga taxminan 9 kilogramm miqdorida 60 foiz boyitilgan uran ishlab chiqarayotganini aytdi. O'tgan yildagi pasayishdan keyin noyabr oyi oxirida bu tezlikka qaytdi.
2-fevral kuni MAGATE bosh direktori Rafael Grossi Eronda yuqori darajada boyitilgan uran ishlab chiqarishning keskin o'sishi kamaygani, biroq ayni paytda unda 60 foizgacha boyitilgan uran to'planishi davom etayotganini ma'lum qilgan edi. Keyinchalik boyitish (90 foizdan yuqori) ishlari davom ettirilishi bilan uran yadroviy qurolni ishlab chiqish uchun ishlatilishi mumkin, deb xabar beradi report.az.