Selektordan muhim maʼlumotlar:

➖Keyingi 3 yil davomida maktablardagi jami 53 ming nafar chet tili oʻqituvchilari xalqaro sertifikat olishlari zarur.

➖ Yuqori ball olgan oʻqituvchilarga oʻqish xarajatlarining bir qismini qoplab berish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.

➖ Chet tillari boʻyicha eng yaxshi koʻrsatkichlarga erishgan maktablarni ragʻbatlantirish uchun Prezident sovrini taʼsis etiladi. Tuman/shahar gʻolibiga 100 mln, viloyat bosqichida gʻolib boʻlgan maktabga 200 mln, respublikada birinchilikni qoʻlga kiritgan maktabga esa 500 million soʻmgacha mukofot beriladi.

➖ Kelgusi yildan boshlab magistratura va doktoranturaga kiruvchilar chet tilini bilish xalqaro sertifikatiga ega boʻlish talabi kiritiladi.