Magistraturaga qoʻshimcha qabul qilish uchun ruxsat berildi. Bu boʻyicha Davlat komissiyasining tegishli bayoni qabul qilindi.
Unga koʻra, 2024/2025-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul jarayonida talab darajasidagi xorijiy til sertifikatiga ega boʻlib, qabul kvotasi doirasida talabalikka tavsiya etilmagan talabgorlarni oliy taʼlim muassasalari tomonidan belgilanadigan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorining 2 baravaridan ortiq boʻlmagan miqdordagi toʻlov-kontrakt asosida qabul qilinadi.
Qoʻshimcha qabul asosida oʻqish istagini bildirgan talabgorlar bevosita oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasiga murojaat qilishi soʻraldi.