Hozir axborot makoni rivojlangani sari xabarlarda chalkashliklar ham koʻpayib boryapti. Agar eʼtibor bergan boʻlsangiz har ikki kunning birida “4-5 ballik KUCHLI magnit boʻronlari” yuz bermoqda.
Aslida, masalan 4 ballik qoʻzgʻalishlar — KUCHLI magnit boʻroni u yoqda tursin, oddiy magnit boʻroni ham emas. Shunchaki ayrim OAV buni oʻziga auditoriya yigʻish uchun ataylab, buzib talqin qilishyapti, deya maʼlum qiladi Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya institutining rasmiy telegram kanalida.
Keling, magnit maydoni qoʻzgʻalishlarini Kp indeksining qiymatlari miqyosida qarab chiqamiz.
Kp = 0; — Tinch;
Kp = 1; — Tinch;
Kp = 2; — Tinch;
Kp = 3; — Tinchlik buzilib, bezovtalanish boshlanadi;
Kp = 4; — Faol qoʻzgʻalishlar yuz bera boshlaydi, ammo hali bu boʻron degani emas;
Kp = 5; — Eng kuchsiz magnit boʻroni;
Kp = 6; — Oʻrtacha kuchdagi magnit boʻroni;
Kp = 7; — KUCHLI magnit boʻroni;
Kp = 8; — Juda kuchli magnit boʻroni;
Kp = 9; — Ekstermal kuchli magnit boʻroni;