Kr-indeksi bo'yicha 4 balli magnit bo'roni kuchli hisoblanadi. Fizika-matematika fanlari doktori, Rossiya Fanlar akademiyasi Koinot tadqiqotlari instituti Kosmik ob-havo laboratoriyasining yetakchi ilmiy xodimi Tamara Breusning aytishicha, magnit bo'ronlari faolligining oshishi yurak-qon tomir tizimida buzilishlarni keltirib chiqarishi mumkin. Oldin bunday muammolarga duch kelgan odamlar uchun bu yanada salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Shunday qilib, tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, magnit bo'ronlari paytida har yili qo'shimcha 11 000 yurak xuruji va 7 000 insult qayd etiladi.
“Magnit bo'ronlari yurak urish tezligiga ham ta'sir qiladi. Agar u buzilsa taxikardiya, bradikardiya, aritmiya paydo bo'ladi”, deya qo'shimcha qildi ekspert.
Ta'sir mexanizmi quyidagicha: magnit maydon ta'sirida eritrotsitlar – qizil qon tanachalari bir-biriga yopishishi mumkin, qon quyuqlasha boshlaydi va qon ivishi boshlanadi, qon tomirlari torayadi. Bu qon bosimining oshishiga olib keladi, deb xabar beradi rg.ru.