Bu mablag‘ xayriya tashkilotiga yo‘naltiriladi.
10 kun davom etgan qizg‘in savdolarda noma’lum xaridor Karlsenning 32-o‘lchamli Corneliani brendiga tegishli jinsi shimlarini qo‘lga kiritdi. 27-fevraldan beri eng yuqori taklif 14 100 dollar bo‘lib turgan edi, lekin auksionning so‘nggi soatlarida tezkor takliflar berilib, narx keskin oshdi.
Tushgan mablag‘ Big Brothers Big Sisters of America (BBBSA) tashkilotiga xayriya qilinadi. BBBSA rahbari Artis Stivens bu mablag‘ yosh avlodni ilhomlantirish va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun sarflanishini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil dekabr oyida bo‘lib o‘tgan Rapid va Blits yo‘nalishi bo‘yicha Jahon chempionatida Magnus Karlsen uzoq yillik qoidalarga binoan taqiqlangan jinsi shim kiyib, kiyinish qoidalarini buzgandi.
Bosh hakam Karlsenni bu holatdan xabardor qilib, 200 dollar jarima solgan holda kiyimini almashtirishni so‘radi. Afsuski, Karlsen rad javobini bergani uchun u to‘qqizinchi turga qo‘yilmagandi.
Undan ham avvalroq, yana bir ishtirokchi – janob Ian Nepomniachtchi ham sport poyabzali kiyib, kiyinish qoidalarini buzganligi uchun jarimaga tortildi. Biroq u darhol bu qoidalarga bo‘ysunib, ruxsat etilgan kiyimga o‘tgan va turnirda ishtirokini davom ettirgan edi.