Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning CHilonzor tuman bo'limi tomonidan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “K.X.” MFY raisi N.R. tuman Aholi bandligiga ko'maklashish markazi inspektori A.R. bilan oldindan til biriktirib, markazga ish so'rab murojaat qilmagan va ishsizlar ro'yxatiga kiritilmagan 26 nafar fuqarolarni jamoat ishlariga jalb etilganligi haqida soxta hujjatlar tuzish orqali jami 36,2 mln so'm byudjet mablag'lari talon-toroj qilinganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan mahalla raisi N.R. va markaz inspektori A.R.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi “v,g” bandlari va 209-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.