Mahalla xodimlarini qo'llab-quvvatlash ularning faoliyatini to'g'ri tashkil etish, bugungi kunda eng muhim vazifalardan biridir.

Shu munosabat bilan bugun Samarqand viloyati Ishtixon tumanidagi 62 ta mahalla fuqarolar yig'inlari raislariga zamonaviy planshetlar berildi. Bu bilan ularning xizmat faoliyatini engillashtirib, tezkor xizmat olib borishlariga ko'maklashildi.

Planshetlar tuman hokimi, tuman Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash bo'limi mas'ullari tomonidan o'z egalariga topshirilib, ezgu tilaklar bildirildi.