Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash vaziriga oʻrinbosar tayinlandi

    Mamlakatimizda 2 Mart 2021 1112

    Bugun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash vazirligida Vazirlikning Keksalar va faxriylarning ijtimoiy faolligini rivojlantirish boʻyicha vazir oʻrinbosarini tayinlash masalasi koʻrib chiqildi.

    Majlisda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi oʻrinbosari A.Davletov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash vaziri S.Turmanov, barcha shahar va tuman boʻlimlari boshliqlari va Keksalar va faxriylarning ijtimoiy faolligini rivojlantirish boʻyicha oʻrinbosarlari qatnashdi.

    Yigʻilishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash vazirligi Keksalar va faxriylarning ijtimoiy faolligini rivojlantirish boʻyicha vazir oʻrinbosari lavozimiga Tursinbay Abdijabbarov tayinlandi.

    Tursinbay Abdijabbarov shu kungacha Nukus tumani Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash boʻlimi boshligʻining Keksalar va faxriylarning ijtimoiy faolligini rivojlantirish boʻyicha oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.