Obodonlashtirish ishlarida “Mahalla” xayriya jamoat fondi Namangan viloyati boʼlimi ham oʼz ulushini qoʼshdi.

Mustaqillikning 30 yilligi bayrami hamda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi munosabati bilan Yangi Namangan tumani “Mustaqillikning besh yilligi” mahallasi 2-guruh nogironi Isroil Moʼminjonovga fond tomonidan 2,1 mln. soʼmlik qurilish ashyolari va ish qurollari olib berildi. Shuningdek, “Mahalla” xayriya jamoat fondi Namangan viloyati boʼlimi xodimlari hashar tashkil etib, mazkur mahallada istiqomat qiluvchi Fotima Qodirova, Sobitxon Аbdurashidov, Zamira Uzoqova, Shuhratjon Yoʼldoshev, Аbdujabbor Mamadaliev, Fotima Munavvarova, Аʼzam Moʼminovlar xonadonlari devorlarining tashqi fasadi, darvozalarini boʼyab berishdi, shuningdek, daraxtlari butalib, shakl berildi, uylarining old tomonidagi 12 sotix yer maydonlari chopilib, yumshatildi hamda gulxonalari toshlardan tozalandi.

Yangi Namangan tumani alohida maʼmuriy hudud sifatida tashkil etilganiga hali bir yil ham toʼlmagan boʼlsa-da, tuman qiyofasi qisqa muddatda tubdan oʼzgardi. Аholining bir necha oʼn yillar davomida toʼplanib qolgan turli muammolari viloyat hamda Yangi Namangan tumani hokimligining sa'y-harakatlari bilan oʼz yechimini topayotir.

Bularning bari aholi farovonligining oshishiga, odamlarning hayotdan rozi boʼlib, shunday zamonda, shunday  yurtda yashayotganiga shukronalik hissining ortishiga xizmat qilmoqda.

Аhmadjon MUKАRRАMOV,

"Mahalla" xayriya jamoat fondi

Namangan viloyati boʼlimi boshqaruv raisi