Bugungi kunga qadar vazirlik tomonidan yuqorida aytilgan 7 ta mahalladagi uylarning atroflari obodonlashtirishga 98 ta hasharchilar jalb qilindi, 19 tonna hajmda axlat chiqindilari, shox- shabbalar chiqarib tashlandi, 16 ta maxsus texnikani jalb qilindi. SHu bilan birga mazkur mahallalardagi 62 dan ziyod daraxtlarga shakl berildi va oqlandi.
Rakat mahallasi ma'muriy binosida «Innovatsiya texnomarkazi»ni tashkil etish maqsadida komp`yuter va mebellar bilan jihozlandi.
Muqimiy mahallasida joylashgan 144-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabiga maktabda mavjud bo'lmagan va yoshlar uchun zarur bo'lgan sport anjomlari (voleybol, basketbol koptoklari, stol tennisi anjomlari va boshqalar) 500 ta kitob hamda divayzerlar taqdim etildi.
«Temir daftar»ga kiritilgan 8 ta fuqaroga, «Ayollar daftari»ga kiritilgan 3 ta fuqaroga va «YOshlar daftari»ga kiritilgan 2 ta fuqaroga moddiy yordam ko'rsatildi.SHuningdek, 2 nafar «Ayollar daftari»ga kiritilgan fuqarolarga jami 58 mln.so'mlik kredit ajratilishiga amaliy yordam ko'rsatildi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan aholini kasb hunarga o'qitish bo'yicha 2 nafar «Temir daftar»ga, 2 nafar «YOshlar daftari»ga va 1 nafar «Ayollar daftari»ga kiritilgan fuqarolar o'qishga yuborilishiga erishildi.
Innovatsion rivojlanish vazirligining ishchi guruhi tomonidan 2021 yil 10 aprel` kuniga qadar Toshkent shahar YAkkasaroy tumanining 7 ta mahallalarida 7 ta kichik ishchi guruhlar tashkil etilgan holda uyma-uy yurish orqali 2001 ta xonadonlar o'rganilib, 56 ta muammoli masalalar aniqlandi va 31 tasi hal etildi.
Ijtimoiy soha va boshqa ob'ektlarda 32 ta o'rganishlar o'tkazilib, 32 tasida muammoli masalalar aniqlandi va muammolarning 29 tasi ijobiy hal etildi.
5 ta tashabbus hamda «YOshlar bilan 100 kun» loyihasi doirasida umumiy o'rta ta'lim maktabining bitiruvchi yoshlari bilan «Vazir soati»ni o'tkazib, tadbirda faol ishtirok etgan yoshlarga interaktiv kartalar, divayzerlar va kitoblar taqdim etildi.
Vazirlik tomonidan «Texnobus» texnologik mobil ta'lim platformasi Muqimiy MFYda joylashgan 144-sonli, Meros MFYda joylashgan 100-sonli hamda Rakatboshi MFYda joylashgan 73-sonli umumiy o'rta ta'lim maktablariga olib borildi va 200 nafar maktab o'quvchilari platforma bilan yaqindan tanishdi hamda vazirlikning mas'ul xodimlari tomonidan o'quvchilarga robototexnika, yuqori texnologiyalar hamda innovatsion faoliyatga bo'lgan qiziqishlarini oshirishga qaratilgan targ'ibot ishlari olib borildi.
Bundan tashqari, vazir tomonidan «Konstitutsiya» va «Tepa» mahallalari bo'ylab bevosita tanqidiy ruhda o'rganish o'tkazildi va aniqlangan kamchiliklar bo'yicha aniq va maqsadli topshiriqlar belgilab berildi. Jumladan, Konstitutsiya mahallasi Tafakkur ko'chasidagi 29 va 30-uylar atrofida simyog'och ustunlari va ko'p qavatli uylar kirish yo'lagidagi tartibsiz yopishtirilgan e'lonlar, uylar yonidagi temir panjaralar ahvoli, erlardagi tartibsiz o'sib yotgan o'simliklar, chiqindilarni bartaraf etish, keng ko'lamda hashar ishlarini tashkil etish va aholi uchun uylar yonida o'tirish o'rindiqlarini qurib berish, aholi uchun e'lonlar burchagini tayyorlab berish bo'yicha topshiriqlar berildi.
Yakkasaroy tumanida YAshnabod texnoparkining filialini tashkil etish va mahalla fuqarolari uchun yangi ish o'rinlarini yaratish bo'yicha ham alohida topshiriqlar berildi. Innovatsion rivojlanish vaziri «Tepa» MFY binosiga ham tashrif buyurib, binodagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etishda vazirlik tomonidan ko'rsatiladigan yordamlar, jumladan mebel` va jihozlar bilan ta'minlash bo'yicha vazirlikning mas'ul xodimlarga topshiriqlar berildi.