"Mahallada duv-duv gap" davom etadi

    Shu kunlarda O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Mahalla va oilani qo'llab quvvatlash vazirligi hamkorligida prezidentimiz ko'rsatmalariga binoan 2021- yilning noyabr-dekabr oylarida “Mahallada duv-duv gap” loyihasi asosida poytaxtning barcha mahallarida ma'naviy-ma'rifiy va konsert tadbirlarini o'tkazish rejasi ishlab chiqildi.

    Mazkur loyiha doirasidagi tadbirlar boshlab yuborildi.

    Jumladan, bugungi tadbir poytaxtimizning Yakkasaroy tumanidagi “Do'stlik” bog'ida tashkillashtirildi.

    Mazkur tadbirga mahallada yashovchi fuqarolar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, uyushmagan yoshlar, ehtiyojmand ayollar, keksa va nuroniylar taklif etildi.

    Ma'daniy-ma'rifiy kechada el sevgan ijodkorlar, san'atkorlar va estrada xonandalari ishtirok etdi. Mahalla ahli bunday e'tibordan mamnun. Tadbir poytaxtning boshqa mahallalarida ham davom etyapti, deb xabar beradi Madaniyat vazirligi matbuot xizmati.