Mahallaga topshiriq ham, ulardan so'rov ham haddan tashqari ko'p – Prezident

    Hukumat 26 Sentabr 2023 2788

    Yig'ilishda “temir”, “ayollar” va “yoshlar” daftarlari mahalladagi mas'ullar tomonidan alohida-alohida yuritilayotgani, ularning vazifalarida ko'p takrorlanishlar borligi ko'rsatib o'tildi.

    “Beshlik” zimmasiga juda ko'p vazifalar yuklatilgani, mutasaddi rahbarlar esa buni tahlil qilmayotgani, aniq ish metodikasi ishlab chiqilmagani tanqid qilindi.

    “Mahallaga topshiriq ham, ulardan so'rov ham haddan tashqari ko'p. Mahalladagi vakillarning yarim vaqti faqat “qog'oz” to'ldirish va majlislarga ketayapti”, - dedi davlat rahbari.

    Ba'zi hollarda ehtiyojmand aholining masalasini tez hal qilish uchun berilgan mablag'larni ajratish qarori viloyat va tuman tashkiloti, ayrimlarida respublika idorasiga bog'lanib qolgani ta'kidlandi.

    Bu ortiqcha bo'g'inlarni olib tashlash zarurligi qayd etildi.