Unda  davlatimiz rahbarining “Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori ijrosiga e'tibor qaratildi. Ushbu qaror bilan “Kutubxona – ma'naviy tarbiya maskani” shiori ostida vazirlik va uning hududiy boshqarma hamda bo'limlari kutubxonalarini yangi kitoblar bilan to'ldirib borish ezgu vazifa qilib belgilandi.

   Tadbirda respublikadagi mahallalar kutubxonalarini yangi badiiy asarlar bilan boyitish maqsadida, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasining “Adabiyot” nashriyoti tomonidan nashr qilingan 39 nomdagi 30 000 dona kitob taqdim etildi. Kitoblar to'plamidan Alisher Navoiynning “Mahbub ul-qulub”, Xayriddin Sultonovning “Odamlardan tinglab hikoya”, Sirojiddin Sayyidning “eldoshlarim, dildoshlarim”, Saida Zunnunovaning “Bahorni qarshilab”, Aleksandr Faynbergning “Qoralamaga qasida”, Berdaqning “Yurt g'amxo'ri kerak menga”, Sadriddin Salim Buxoriyning “Qadimiy kuy”, Abdulla Sherning “Saylanma”, Munavvara Usmonovaning “Hayot tumori” kabi ko'plab badiiy asarlar o'rin olgan.

   Yozuvchilar uyushmasi va mahalla vazirligining tadbirda so'zga chiqqan vakillari kitobxonlikni targ'ib qilish aslida milliy o'zlikni anglashga, dunyoqarashni kengaytirishga bo'lgan intilish ekanini aytib o'tdi. Uchrashuv kuy-qo'shiqlar bilan davom etdi.

Munira Ramazonova,

O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi mutaxassisi