Qaror bilan jami 421 ta mahallada yuridik shaxs maqomiga ega sanoat, hunarmandchilik, kasanachilik va chorvachilik mikromarkazlar tashkil etiladi.
Mikromarkazlarni tashkil qilish uchun davlat mulki obyektlari va yer quyidagi shartlar asosida tadbirkorlarga 5 yil muddatga ijaraga beriladi:
- oʻz mablagʻlari hisobidan obyektni rekonstruksiya qilish yoki kapital taʼmirlash yoxud yer uchastkasida bino-inshootlarni qurish;
- mikromarkazda sanoat, hunarmandchilik, kasanachilik faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha kamida 10 ta yoki chorvachilik yoʻnalishi boʻyicha kamida 3 ta ish oʻrnini yaratish va taʼminlab borish.
Mikromarkazlar foydalanishga topshirilgan kundan 3 yil muddatga tashkil etilgan mikromarkazlar obyektlari va ular joylashgan yer uchastkalari boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi va mol-mulk soligʻi uchun soliq stavkasi 50 foiz miqdorida qoʻllaniladi.