Toshkent viloyati hokimi oʻrinbosari B.Meliyev, viloyat prokurori oʻrinbosari Z.Qorayev, Chirchiq shahar hokimi S.Yusupov hamda hokim oʻrinbosarlari va barcha tashkilot-korxonalar rahbarlari ishtirokida Chirchiq shahri mahallalarida “koʻchabay” oʻrganish oʻtkazildi.

Bundan maqsad qoʻchalarni tartibga keltirish, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish, yaqinlashib kelayotgan Navroʻz bayramiga tayyorgarlik koʻrish uchun keng qamrovli hashar oʻtkazishdan iborat.

Oʻrganishlar natijasida zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirishga masʼul shaxslar va muddatlar belgilandi.