Mahalliy aviaqatnovlar uchun 30 foizlik chegirma eʼlon qildi

    Transport 1 Mart 2024 515

    “Uzbekistan Airways” 21-24-mart kunlari amalga oshiriladigan barcha mahalliy aviaqatnovlar uchun 30 foizlik chegirma eʼlon qildi.

    Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda “Uzbekistan Airways” AJ axborot xizmati rahbari Dilorom Kaimbayeva maʼlum qildi.

    Ushbu chegirmalardan nafaqat yurtdoshlarimiz, balki chet el fuqarolari ham qoʻllanishlari mumkin.

    Tarifdan 30 foiz chegirma asosida taqdim etiladigan aviachiptalarni bugundan, yaʼni 1-martdan boshlab 24-mart kuniga qadar xarid qilish mumkin.

    Ushbu chegirmalar faqat 21-martdan - 24-mart kuniga qadar amalga oshiriladigan mahalliy yoʻnalishlardagi aviaqatnovlar uchun qoʻllanadi.

    "Chegirma asosida aviachiptalarni xarid qilishdan avval, Uzairways.com rasmiy veb-saytida koʻrsatilgan aviachiptalarni qoʻllanish qoidalari bilan tanishib chiqing.

    Agar siz aviachiptalarni Uzbekistan Airways Sales filiali orqali yoki rasmiy agentlardan xarid qilsangiz, aviachiptani sotayotgan shaxs chegirmalarni qoʻllash qoidalari haqida sizga batafsil maʼlumot berib oʻtganiga ishonch hosil qiling", deyiladi xabarda.