Qurilishlar hajmining oshishi tabiiy tarzda qurilish mahsulotlarini hududning oʻzida ishlab chiqarishni talab qilayotir. Negaki, koʻp qavatli binolar bunyod boʻlishida ishlatiladigan temir-beton plitalarni chetdan keltirish katta qiyinchilik va xarajatlar evaziga boʻladi. Muqaddam viloyat markazi hamda Bogʻot tumanida tadbirkorlar tomonidan zamonaviy texnologiyalarga asoslangan temir-beton plitalar ishlab chiqaradigan korxonalar bunyod etilgandi. Endilikda viloyatning shimoliy hududida ham ana shunday korxona faoliyat boshladi.

“Shedevr Shovot” oilaviy korxonasi quvvati ming dona mahsulot ishlab chiqarishga moʻljallangan yangi loyihani ulugʻ bayramimiz arafasida ishga tushirdi. Bu yerda turli oʻlchamdagi temir-beton plitalar ishlab chiqarilib, viloyatning barcha tuman va shaharlariga yetkazib beriladi. Ayni paytda korxonada kichik oʻlchamdagi qurilish ashyolari ishlab chiqarish ham yoʻlga qoʻyilyapti.

Yangi korxonada 16 nafar mahalliy yoshlar ish bilan taʼminlandi.

Roʻzimboy HASAN,

“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri