Joriy yilda ushbu dastur doirasida 161,4 milliard soʻmlik 87 ta loyiha, jumladan, 4,3 milliard soʻmlik 17 ta yangi loyiha amalga oshirilishi belgilangan.
Oʻtgan sakkiz oyda ushbu dastur boʻyicha 75 ta loyiha asosida 134,3 milliard soʻmlik mahsulot ishlab chiqarilib, bu boradagi reja 137,7 foizga bajarildi.
Taʼkidlash joizki, dastur doirasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar kombinatning ichki ehtiyojiga va respublikamizda faoliyat yuritib kelayotgan korxonalarga, shuningdek, eksport uchun moʻljallangan.
Xususan, oʻtgan sakkiz oy davomida dastur doirasida ishlab chiqarilgan 644,1 ming dollarlik rux sulfati eksport qilindi, deb xabar beradi Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati.
Dasturining bosh maqsadi mahalliy xom-ashyolardan import oʻrnini bosuvchi, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishdan iborat ekani, ayniqsa, ahamiyatlidir.