Monitoring davomida mahkumlarning yashash, ovqatlanish, posilka, yoʻqlov, banderollar va pul joʻnatmalarini olish hamda mehnat qilish sharoitlari oʻrganildi. Aniqlanishicha, ushbu muassasadagi shart-sharoitlar deyarli qoniqarli darajada, lekin, mehnat qonunchiligiga zid baʼzi holatlar mavjud. Jumladan, muassasada jazo muddatini oʻtayotgan 100 dan ortiq mahkumlar Nukus tumanidagi gʻisht zavodlaridan birida mehnat qilib kelmoqda. Lekin, ularga joriy yilning mart-may oylari uchun xanuzgacha ish haqlari berilmagan.
Ombudsmanning Qoraqalpogʻistondagi vakili Zuxra Reymovaning aralashuvi bilan mahkumlarning oylik maoshlarini toʻlab berilishiga erishildi.
Shuningdek, Mintaqaviy vakil mahkumlar bilan suhbat davomida ularning huquq va majburiyatlari, Ombudsmanga murojaat qilish tartibi va usullari haqida maʼlumot berdi, deb xabar beradi Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) matbuot xizmati.