Bu haqda Adliya vazirligi maʼlum qildi.
Unga koʻra, mahkumlarning oʻziga nisbatan insoniy muomalada boʻlinishiga, shaʼni va kadr-qimmati hurmat qilinishiga, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakiliga (ombudsmanga), Oliy Majlisning Bola huquqlari boʻyicha vakiliga (Bolalar ombudsmaniga) hamda insonning huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi xalqaro organlarga murojaat qilishga boʻlgan huquqlari mustahkamlandi.
Shuningdek, ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganligi uchun ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlarning saylovlarda hamda referendumda ishtirok etishga boʻlgan huquqi belgilanmoqda.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.