Mahmudxoʻja Behbudiyning uy-muzeyi ochildi

    Madaniyat 19 Oktabr 2021 2270

    “Samarqand” gazetasi va “Oyna” jurnali asoschisi, jadidchilik harakati yetakchisi Mahmudxoʻja Behbudiyning uy-muzeyi ochildi.

    Samarqandda ochilgan ushbu muzeyda Turkistonda jadidchilik harakati yetakchisi Mahmudxoʻja Behbudiy ijodi va hayoti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, oʻsha davr madaniyati, maʼrifati, ilm-fan rivojiga hissa qoʻshgan bir qancha maʼrifatparvar olimlarning fotosuratlari, ilmiy asarlari mavjud.

    Shuningdek, XX asr boshlariga tegishli noshirlik dastgohi, gazeta va jurnallar nusxalari, ilmiy arxiv hujjatlari va nodir muzey ashyolari oʻrin olgan.

    “Bu binoda ”Samarqand“ gazetasi, ”Oyna“ jurnali chop etilgan, - deydi SamDCHTI oʻqituvchisi Dilafroʻz Rahmatova. - Shuningdek, ʻPadarkushʻ dramasi ham ilk bor shu bino hovlisida sahnalashtirilgan”.