Prezidentimizning topshiriqlariga asos Andijon viloyati hokimligining homiyligida qurib bitkazilgan “Aqtuba textil group” korxonasida bugungi kunda jami 133 ming dollarlik, 99 ming 301 dona tayyor trikotaj mahsulotlarini chet elga eksportga chiqarish ishlari boshlangan.
Korxonada hozirgi paytda mahalliy aholining 400 ga yaqin xotin-qizlari doimiy ish bilan taʼminlangan. Ushbu xotin-qizlar bugungi kunda erkaklar, ayollar va bolalar uchun kiyimlarni sifatli qilib tayyorlamoqda.
Kegayli tumanidagi yaqinda ishga tushgan ushbu korxona mahalliy xotin-qizlar tomonidan tayyorlangan mahsulotlarni eksportga yoʻnaltirayotgan yirik korxona sifatida davlatimizda olib borilayotgan islohotlarning amaliy samarasi hisoblanadi.