Mamlakat xavfsizligini ta'minlashda o'simliklar karantini xizmati muhim rol o'ynaydi. Chunki birgina zararli organizmni urug', ko'chat kabi qishloq xo'jaligi mahsulotlari orqali mamlakatga kiritib, butun qishloq xo'jaligini izdan chiqarish mumkin. Bunday mudhish holatlar xorijiy mamlakatlar tajribasida bir necha bor kuzatilgan.
Ana shunday kamchiliklarga yo'l qo'ymaslik uchun poytaxtimizdagi Ark-buloq chegara maskanidagi inspektorlari tomonidan eksport va import bo'layotgan karantin osti yuklarini nazoratini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilib, har bir mahsulot sinchkovlik bilan karantin ko'rigidan o'tkazilmoqda. O'simliklar karantini davlat inspeksiyasi OAV vakillari uchun tashkil etgan press-tur davomida Unda jurnalistlar chegara maskani inspektorlari faoliyati xususan, karantin osti yuklarini karantin nazoratidan o'tkazish tartibi bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo'ldilar.
Ta'kidlanishicha, Inspektsiya tomonidan 2020 yil mobaynida chet mamlakatlarga eksport qilingan 446 968 tonna karantin ostidagi yuklar va 905 121 dona har xil mevali va manzarali ko'chatlar hamda gullar karantin nazoratidan o'tkazilib, ularga halqaro standart talablariga muvofiq bo'lgan 19 066 dona fitosanitar sertifikatlar berilgan. Shu vaqt davomida chet mamlakatlardan import qilingan 2 207 638 tonna karantin ostidagi yuklar, 5 887 966 dona har xil mevali, manzarali ko'chatlar hamda gullarni karantin nazoratidan o'tkazilib, ularga 54191 dona karantin ko'rigidan o'tkazish dalolatnomalari va transport birligi dalolatnomalari rasmiylashtirib berildi.
Import qiluvchilar tomonidan 239 ta xolatda karantin qoidalari buzilishi va zararlangan xolatda keltirilganligi sababli, rad etilib 13 xolatda orqaga qaytarilgan. Shu jumladan, xujjatlarsiz va zararlangan xolatda keltirilgan 1681.3 kg o'simlik maxsulotlari va 28394 dona xar xil ko'chatlar xamda gullar yoqish va ko'mish yo'li bilan yo'q qilindi. Tashqi karantin bo'yicha 4244 dona dalolatnomalar rasmylashtirilgan.
Shahrimiz xududidagi eksportbop qishloq xo'jaligi mahsulotlarini tayyorlash va qadoqlash bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga mahsulotlarni chet davlatlar fitosanitariya talablariga muvofiqlashtirish, tegishli maslahatlar va amaliy yordam berish uchun mavjud 8 ta qadoqlovchi korxonalarni ro'yxati shakllantirilib, tumanlar miqiyosida o'simliklar karantini davlat inspektorlari biriktirildi.
— Mazkur ishlar joriy yilda ham faol davom ettirilyapti, — deydi Toshkent shahar o'simliklar karantini davlat inspektsiyasi inspektori Javohir Rasulov. — Xususan, 2021-yilning I-choragida karantin ostidagi yuklarning import va eksporti jarayonida 10 855 dona transport birligini ochish va karantin ko'rigi dalolatnomasi, 5080 dona xalqaro fitosanitariya sertifikati rasmiylashtirildi. Tuman inspektorlari tomonidan esa hudud fitosanitar tozaligini ta'minlash va pomidorning jigarrang bujmayish virusi, pomidor kuyasi, tsitrus oqqanoti, tsitrus inli kuyasi, archa unsimon qurti hamda ombor zararkunandalarini aniqlash maqsadida 65 gektar maydonda monitoring o'tkazilib, xolat yuzasidan 147 dona monitoring ma'lumotnomalari, 280 dona fitosanitar dala nazorati dalolatnomalari hamda 317 dona ichki fitosanitariya sertifikatlari rasmiylashtirildi.
Shahar hududidagi karantin ostidagi mahsulotlarni olib kirish, olib chiqish, ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, tashish, realizatsiya qilish bilan shug'ullanadigan tadbirkorlik sub'ektlariga tegishli bo'lgan issiqxona, mevali bog', qayta ishlash korxonalari, qadoqlash sexlari va omborxonalarda karantin ostidagi mahsulotning o'simliklar karantini qoidalariga hamda fitosanitariya talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida o'simliklar karantini sohasida monitoring yuritildi va 13 marotaba Markaziy karantin laboratoriyasiga belgilangan tartibda namunalar torshirildi. Ayni paytda chegara maskanida faoliyat olib borayotgan inspektorlarning har biri maxsus planshetlar bilan ta'minlangan bo'lib, bu karantin osti yuklariga elektron tartibda dalolatnomalar, sertifikatlar berishda qo'l kelmoqda.
Iroda TOSHMATOVA,
“Yangi O'zbekiston” muxbiri