E100–E199 – bo'yoqlar;

E200–E299 – konservantlar;

E300–E391 – oksidlanishga qarshi va kislotalikni me'yorlovchi moddalar;

E400–E481 – stabilizatorlar, emul`gatorlar va quyuqlashtiruvchi moddalar;

E500–E585 – boshqa turdagi qo'shimchalar;

E600–E699 –ta'm va hidni kuchaytiruvchi moddalar;

E700–E899 – yangi turdagi moddalar

Mamlakatimizda oziq-ovqat  mahsulotlari  ishlab chiqarishda bolalar va o'smirlar salomatligiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi konservantlar  -  E242 (Dimethyldicarbonat), E237 (Sodium formate), E238 (Calcium formate)ni  qo'llash  taqiqlangan.  

* Kodeks Alimentarius (lot.  Codex Alimentarius  - Oziq-ovqat kodeksi) - FAO va  JSSTning Oziq-ovqat standartlari va qoidalarini amalga oshirish bo'yicha Xalqaro komissiyasi tomonidan qabul qilingan xalqaro oziq-ovqat standartlari to'plami hisoblanadi. Kodeks standartlari asosiy oziq-ovqat mahsulotlari - qayta ishlangan va yarim tayyor, shuningdek qayta ishlanmagan mahsulotlarni qamrab oladi.