Bu haqida u o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Kecha Prezidentimiz O‘zbekiston milliy terma jamoasini Jahon chempionatiga kuzatish marosimida ishtirok etdilar. Biz ham o‘g‘lim bilan ushbu quvonchli lahzalarda ularga hamroh bo‘ldik. Yuraklar his-hayajoniga to‘lib-toshgan, chunki bu butun O‘zbekiston uchun chinakam tarixiy voqea — mamlakatimiz ilk bor jahonning eng nufuzli musobaqasida qatnashadi.

O‘g‘limning ko‘zlarida — quvonch va faxr. Qo‘lida esa qahramonlarimiz dastxati tushirilgan to‘p. Endi u uni bebaho xazinadek asraydi. Qalbida bo‘lsa milliy jamoamizga bo‘lgan ishonch”, — deydi Saida Mirziyoyeva.

Shuningdek, u futbolchilardan maydonga dadil tushib, yuragini berib o‘ynashni so‘radi.

Yigitlar, siz allaqachon ulkan marrani zabt etdingiz — xalqimiz qalbida orzu va ishonch uyg‘otdingiz. Endi esa o‘zbek futboldi nimlarga qodir ekanini butun dunyoga ko‘rsatib qo‘ying. Maydonga dadil tushing, yuragingizni berib o‘ynang.

Bugun ko‘cha changitib to‘p tepayotgan, bir kun kelib milliy terma jamoa libosini kiyishni orzu qilayotgan har bir bolakay uchun o‘ynang. Biz sizga ishonamiz. Butun mamlakat sizga ishonadi. Prezidentimiz sizga ishonadi.

Olga, O‘zbekiston!” — deydi O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari.