Tadbirda MIB organlari faoliyati tahlili, sohadagi yangiliklar va tizimga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining tatbiq etilishi yuzasidan maʼlumot berilmoqda.

Byuro tashkil topganidan buyon ijro ishini yuritish sohasida 77 trln. soʻmdan ortiq undiruvlar amalga oshirildi. Shundan davlat foydasiga 32 trln.soʻmga yaqin mablagʻlar undirildi.

Koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida joriy yilning oʻtgan davrida jami undiruv 21,7 trln. soʻmni tashkil etdi. Bu koʻrsatkich   oʻtgan yilning  shu davriga   nisbatan 10,4 trln.soʻm (92%) oshganligi koʻrsatmoqda.

Byuro masʼul xodimlarining idoraviy axborot tizimlarini integratsiya qilishdagi tizimli olib borilgan faoliyati natijasida muammoli boʻlgan qidiruv sohasida 4555 nafar shaxs, 3073 ta avtotransport vositalari topilib, qarzdorlardan 16 mlrd. soʻmdan ortiq qarzdorliklar undirilgan.