Maʼlum boʻlishicha, 2019-yilda majburiy mehnatga qarshi kurashish maqsadida, 2,779 ta korxona, tashkilotlarda oʻrganish oʻtkazilgan va majburiy mehnat boʻyicha jami 259 ta holat qayd etildi.
Shundan, 112 tasi bevosita obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlariga xodimlarni majburiy jalb etish bilan bogʻliqdir.
Eng koʻp holatlar Samarqand (16 ta), Qashqadaryo (12 ta) va Buxoro (10 ta) viloyatlarida qayd etilgan. Shuningdek, ish haqlarini oʻz vaqtida bermagan va mehnat sharoitlari yaratmagan 56 nafar mansabdor shaxslarga qonunchilikda belgilangan tartibda maʼmuriy jarimalar qoʻllanildi.
Joriy yilning 6 oyi davomida Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan majburiy mehnat boʻyicha 39 ta holat aniqlangan boʻlib, ularning barchasida mansabdor shaxslarga nisbatan tegishli maʼmuriy jarimalar qoʻllanildi.
Eng koʻp holatlar Toshkent (6 ta), Samarqand (4 ta) viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasida (3 ta) kuzatildi.