Majburiy mehnatga yoʻl qoʻygan maktab direktori ishdan boʻshatildi

    Ijtimoiy hayot 8 Avgust 2023 942

    Ijtimoiy tarmoqlarda “Kattaqoʻrgʻon tumanidagi 12-umumtaʼlim maktabi rahbari oʻqituvchilarni taʼtil vaqtida majburiy mehnatga jalb qilmoqda” mazmunida xabarlar tarqaldi.

    Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, mazkur holat Kattaqoʻrgʻon tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi masʼullari tomonidan oʻrganildi.

    Oʻrganish jarayonida baʼzi oʻqituvchilar oʻz tashabbuslariga koʻra maktab taʼmirida ishtirok etganini, ayrimlari esa maktab direktori tomonidan jalb qilinganini bayon qilishgan.

    Shuningdek, maktab faoliyatida boshqa kamchiliklar ham aniqlangan.

    Ushbu holatlarni inobatga olib, maktab direktori bilan tuzilgan mehnat shartnoma bekor qilindi.