Surxondaryo viloyati hokimligi majburiy mehnatning har qanday shaklini qoralaydi

    Ijtimoiy tarmoqlarda Sariosiyo tumani hokimining oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻiga tegishli videomurojaat tarqatildi.

    Unda mahalla xotin-qizlar faollarini paxta terimiga majburlash holati aks etgan.

    Mazkur holat Surxondaryo viloyati hokimi tomonidan shaxsan nazoratga olindi, deya bayonot bilan hokimlik axborot xizmati. Aytilishicha, hozir topshiriq asosida tegishli idoralar tomonidan oʻrganish ishlari olib borilmoqda.

    "Paxta yigʻim-terimi mavsumi boshlanishidan oldin hududlarda xatlov oʻtkazilib, faqatgina koʻngilli terimchilar roʻyxatlari shakllantirilgan. Mahallalardagi faol va tashabbuskor ayollar esa otryad rahbari sifatida belgilangan.
    Surxondaryo viloyati hokimligi majburiy mehnatning har qanday shaklini qatʼiyan qoralaydi. Hech bir masʼul shaxsga xodimlarni majburiy ravishda paxta terimiga jalb etish boʻyicha topshiriq berilmagan. Agar oʻrganish natijasida bunday holat tasdiqlansa, qonun doirasida tegishli choralar koʻrilishi taʼminlanadi," — deyiladi bayonotda.