Ekstrakt shamollash va COVID-19 ni keltirib chiqaradigan koronaviruslarga, shuningdek, gripp va meningit kabi infeksiyalar bilan bog'liq bo'lgan tashqi oqsil qobig'i bo'lmagan enteroviruslarga qarshi samarali ekani ma'lum bo'ldi.
Ekstrakti tayyorlash uchun majnuntol shoxlaridan foydalanildi. Po'stlog'i bo'laklarga bo'linib, muzlatildi, maydalandi va keyin issiq suvga aralashtirildi. Natijada, olimlar enteroviruslar va koronaviruslar uchun sinovdan o'tkaziladigan ekstrakt namunalarini olishdi.
Olimlar sitopatik ta'sirni ingibirlash tahlilidan foydalanib, ekstrakt infeksiyalangan hujayralarda qancha vaqt turishini va virus faolligini qanchalik yaxshi ingibirlashini aniqlashdi. Ekstrakt hujayralarning o'ziga zarar yetkazmadi va ularni infeksiyadan samarali himoya qildi. SARS-CoV-2 namunalari bilan o'tkazilgan tajribalar virus hujayralarga hatto ekstrakt bilan ishlov berilsa ham kira olishini, lekin u ichkarida ko'paya olmasligini ko'rsatdi, deb xabar beradi lenta.ru.