баннер
24 Apr 2025
07:51

    Makkada ogʻir kasallikka chalingan oʻzbekistonlik vatanga qaytarildi

    Umra amallarini ado etish maqsadida Saudiya Arabistoniga borgan B.M. insultga chalingan.

    Makkada ogʻir kasallikka chalingan oʻzbekistonlik vatanga qaytarildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

    Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi saʼy-harakatlari bilan Saudiya Arabistonining Makka shahrida insult kasalligini boshidan oʻtkazgan B.M. Oʻzbekistonga qaytarildi.

    Bosh konsulxona maʼlumotiga koʻra, umra amallarini ado etish maqsadida Saudiya Arabistoniga borgan yurtdoshimiz insultga chalingani sababli King Abdulaziz Hospital kasalxonasiga davolash maqsadida yotqizilgan.

    Bosh konsulxona qilingan murojaat asosida bemorning Oʻzbekistonga qaytishi bilan bogʻliq barcha hujjatlarini rasmiylashtirishda amaliy yordam koʻrsatdi. U 27-fevral Oʻzbekistonga qaytib keldi va davolanishni Toshkentda davom ettirmoqda.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech