Makkajo'xoridan olinadigan va benzin o'rnida ishlatiladigan bioyoqilg'i tabiatga parnik gazlar chiqishda benzindan ham xavfli. Bu haqda Viskonsin universiteti olimlari tadqiqotiga tayanib Bloomberg xabar tarqatdi.
Olimlarning ta'kidlashicha, makkajo'xori bioyoqilg'isi bu ekinni etishtirishda turli o'g'itlar va iflos suvdan foydalanilgani uchun benzindan 24 foiz zararliroq.
Qayta tiklanuvchi yoqilg'ilar assotsiatsiyasi xodimlari Viskonsin universiteti olimlarining bu xulosasiga qo'shilmayapti. Assotsiatsiya rahbari Jeff Kuper vaziyatni o'rganish usulini xato deb aytdi. Uning ta'kidlashicha, olimlar yuqoridagi tadqiqotni o'tkazishda, ya'ni parnik gazlar hajmini o'lchashda sun'iy yo'ldoshdan olingan suratlardan foydalangan.
AQSH qishloq xo'jaligi vazirligi hisobotida esa makkajo'xori bioyonilg'isida etanol miqdori benzindagidan 39 foiz kamligi aytilgan.
Ayrim tadqiqotchilar fikricha, bu tortishuvlarning ortida bioyoqilg'i ishlab chiqaruvchilar va neftni qayta ishlovchi kompaniyalar o'rtasidagi kurash yotibdi.