Bu haqda u dushanba kuni Fox News telekanaliga bergan intervyusida aytib o'tdi.

Unga ko'ra, Yevropa davlatlari Ukraina xavfsizligini ta'minlash bo'yicha “yukni bo'lishishga tayyor”. “Men Yevropaning 30 nafar yetakchilari va ittifoqchilari bilan gaplashdim va ularning ko'pchiligi u yoki bu turdagi xavfsizlik kafolatlarining bir qismi bo'lishga tayyor”, dedi Makron. Shu bilan birga, uning ta'kidlashicha, ularning barchasi Rossiya tomonidan kelishuvlarni buzish ehtimoli bo'lgan taqdirda “AQShdan birdamlik signalini olmoqchi”, deb xabar beradi tass.ru.