– Yuk tashuvchi fazoviy kemani yaratish yaqin yillarda koinotni tadqiq qilish sohasidagi ustuvor vazifalarimizdan biridir, – dedi davlat rahbari.

Prezident “kelajakda fazoviy parvozlar faqat Amerika va Xitoy kompaniyalari tomonidan amalga oshirilishini qabul qila olmaymiz”, deb qo'shimcha qildi u.

Noyabr oyida Yevropa koinot agentligi bosh direktori Yozef Ashbaxer tashkilotning yuk tashuvchi fazoviy kemasini ishlab chiqish bo'yicha tanlov e'lon qilish rejalari haqida ma'lum qilgan edi.

Tanlov Yevropa kompaniyalari o'rtasida o'tkazilishi rejalashtirilgan. Fazoviy yuk mashinasining birinchi parvozi 2028-yilda amalga oshirilishi kerak. Uning asosiy vazifasi yuklarni Xalqaro kosmik stansiyaga yetkazishdan iborat bo'ladi, deb xabar beradi lenta.ru.