Natijalari boʻyicha “qizil” toifaga kiritilgan aksariyat maktab direktorlari lavozimidan ozod etilgani tufayli hozirgi kunda xalq taʼlimi tizimidagi 617 ta (6,1 %) umumtaʼlim maktablarining direktor lavozimlariga direktorlarni tanlash va tayinlash jarayoni kechmoqda.
Tanlovda ishtirok etishni istagan nomzodlar ish.uzedu.uz (maktab taʼlim jarayonini boshqarish tizimi) sayti orqali roʻyxatdan oʻtib vakant boʻlgan lavozimga soʻralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etib boradilar.
Nomzodlar hududiy xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi nomenklaturasiga kiritilgan lavozimlarga tanlov oʻtkazish boʻyicha komissiya tomonidan suhbatdan oʻtkazilib mahalliy Kengash deputatlari muhokamasiga taqdim qilib borilmoqda.
Lavozimga tayinlangan yangi maktab direktorlari har yili Kengash oldida hisobot berib turadi.
Maktab direktorlarini lavozimga tayinlashning bu usuli maktablarda zamonaviy boshqaruv tizimini joriy qilish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Xalq taʼlimi vazirligi mahalliy kengash deputatlaridan hamda jamoatchilik vakillaridan ushbu jarayonlarni ochiqlik, oshkoralik va shaffoflik asosida oʻtkazilishiga alohida eʼtibor qaratishlarini va barcha jarayonlarni videoga olib, internetga yuklab borishlarini hamda OAV orqali yoritib borishlarini soʻraydi.