Namoyishga film ijodkorlari ham tashrif buyurishdi.

Tadbir avvalida Agentlik Bosh direktorining birinchi oʻrinbosari Shuhrat Rizayev hamda Kinoarboblar ijodiy uyushmasi raisi Matyoqub Matchonov soʻzga chiqishdi. Agentlik tomonidan suratga olinayotgan yangi loyihalar, turli janrdagi filmlar haqida soʻzlashdi.

Mazkur kinokartinada ijtimoiy muammolar aks ettirilgan boʻlib, oʻqituvchilar va oʻquvchilar hayoti haqida hikoya qilinadi. Shuningdek, kartina voqealarida turli xarakterdagi oʻqituvchilarning kasbiy faoliyatidagi ziddiyatlar va keskin tasodifiy vaziyatlar oʻrin olgan, deya xabar beradi Kinematografiya agentligi Axborot xizmati.

“Maktab–hayotim” kinokartinasida rollarni Ravshan Joʻrayev, Tamara Mirmaqsudova, Abdulaziz Rashidxoʻjayev, Abror Yoʻldoshev, Behzod Hamroyev va boshqalar ijro etishgan. Ssenariy muallifi Nurillo Abbosxon, postanovkachi rejissyor Ilhom Muhammadibrohimov, operator Muzaffar Yusupov, badiiy rahbar Rashid Malikov, prodyuser Qudratilla Fayzullayev.

Namoyishdan soʻng, film muhokamasi boʻlib oʻtdi. Unda mutaxassislar va kinoijodkorlar tomonidan yutuq va kamchiliklar aytib oʻtildi. Tez kunda filmning katta premyerasi boʻlib oʻtadi.