Maktab o'quvchilari uchun I chorakning so'nggi kuni 3-noyabrga to'g'ri kelib, 4-noyabr kuni kuzgi ta'tilning ilk kuni sanaladi. Ta'til 6 kalendar kun, ya'ni 9-noyabrgacha davom etadi. II chorak esa 10-noyabrdan boshlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yildagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq, o'quvchilar uchun ta'til kunlari quyidagicha belgilangan:
kuzgi ta'til — 4-noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;
qishqi ta'til — 28-dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;
bahorgi ta'til — 21-martdan boshlab 7 kalendar kun;
yozgi ta'til — oxirgi bosqichli nazorat sinovi o'tkazilgan kundan (bosqichli nazorat o'tkazilmaydigan sinflar uchun o'quv yili tugagan kundan keyingi kundan) boshlab 1-sentyabrgacha.
1-sinf o'quvchilari uchun esa fevral oyi davomida qo'shimcha bir haftalik ta'til belgilanadi.
Ma'lumot uchun: Ta'tilning oxirgi kuni bayram (ishlanmaydigan) kunga to'g'ri kelib qolgan taqdirda, dars mashg'ulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi.