Qoraqalpogʻistonda maktablarni bepul oziq-ovqat bilan taʼminlash ishlari boshlandi. Bu haqda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi axborot xizmati maʼlum qildi.

Xabarda aytilishicha, bugun, 11-oktyabrdan boshlab Taxiatosh, Xoʻjayli, Qonlikoʻl va Amudaryo tumanlari hamda Nukus shahridagi jami 98 ta umumtaʼlim maktablarida boshlangʻich sinf (1-4-sinf) oʻquvchilarini byudjet hisobidan bepul ovqat bilan taʼminlash ishlari boshlangan.

Eslatib oʻtamiz, mazkur tartib Hukumatning joriy yil 25-avgustdagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida joylashgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan tartibga solinadi.