Maktab o‘quvchisi bo‘lgan qizga jismoniy tazyiq o‘tkazib kelinayotgani aytilmoqda

    Ijtimoiy tarmoqlarda Payariq tumanidagi maktab oʻquvchisiga jismoniy tazyiq oʻtkazib kelinayotganligi toʻgʻrisida xabar tarqaldi.

    Bolalar ombudsmani mazkur holatni oʻz kuzatuviga oldi.

    Oʻrganishlar davomida aniqlanishicha, 2009-yilda tugʻilgan, 7 “V” sinf oʻquvchisi U.A. (qiz bola) ga qoʻlining koʻkarish holati borligi haqida uning sinfdoshlari shu yilning 19-aprel kuni xabar topib, ushbu maktabning ingliz tili oʻqituvchisi Sh.Sh.ga aytishgan, lekin oʻqituvchi bolaga nisbatan sodir etilgan zoʻravonlik yuzasidan tegishli ravishda xabar bermagan va bu borada chora koʻrmagan.

    Hozirda Payariq tumani IIB tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Mazkur vaziyat kompleks ravishda tuman prokuraturasi, maktab inspektor-psixologi va tumanning “Inson” ijtimoiy himoya markazi xodimlari tomonidan oʻrganilmoqda.

    Bu borada qoʻshimcha maʼlumot beriladi.