Darhaqiqat, bugungi kunda umumta'lim maktablarida o'quvchilarga berilayotgan ta'lim-tarbiya, pedagoglarga bo'lgan hurmat va e'tibor tobora  yuksalib bormoqda. Ustoz-murabbiylarning jamiyatdagi o'rnini mustahkamlash, iste'dodli o'quvchilarni kashf etish, ularni o'zlari qiziqqan hamda orzu qilgan kasbga yo'naltirish ta'lim sohasining muhim vazifasiga aylandi.

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn ins­tituti Toshkent viloyati Ohangaron shahridagi 9 - hamda Nurafshon shahridagi 62 - umumta'lim maktablarini o'z otalig'iga olgan. Institutimiz ushbu maktablarda ta'lim-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish va sifatini oshirish, o'quvchi-yoshlarning o'z iste'dodini to'liq namoyon etishlariga har tomonlama ko'maklashmoqda.

Ta'lim muassasalarida o'quvchi-yoshlarning kamol topishi hamda bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishlarida Prezidentimiz ilgari surgan beshta muhim tashabbus ulkan ahamiyat kasb etyapti. SHu bois, otaliqqa olingan maktablarda “Beshta muhim tashabbus kuni” deb nomlangan madaniy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etdik.

Tadbirlarda institutimizda faoliyat yuritayotgan taniqli mo'yqalam ustalari hamda zamonaviy tasviriy va amaliy san'at sohasida ilmiy-tadqiqot qilgan yosh professor-o'qituvchilar o'quvchilarga mahorat darslari o'tishdi,  rasmlar tanlovi uyushtirildi. Mahorat darslarida faol ishtirok etgan, tanlovda g'olib bo'lgan o'quvchilar institut tomonidan qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.

Maktablarni otaliqqa olganimizdan so'ng maktab ma'muriyati hamda mahalliy hokimliklar bilan ta'lim dargohlaridagi mavjud muammolar va ularning sabablarini bugungi kun talablari asosida chuqur o'rgandik, bartaraf etish yo'llarini muhokama qildik, ta'lim-tarbiyani rivojlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqdik.

Quvonarli jihati, Nurafshon va Ohangaron shaharlari mutasaddilari bu ishlarimizga xayrixohlik bildirib, tadbirlarimizda bevosita qatnashib, maktablar faoliyatini rivojlantirish, muammolarni birgalikda hal etishga tayyor ekanliklarini ma'lum qilishdi.

O'rganishlarimiz, bildirilgan taklif va mulohazalar asosida maktablar bilan ham­korlik memorandumi imzoladik. Me­­morandumda o'zaro hamkorlikda umumta'lim maktablarida ta'lim sifatini oshirish, fan to'garak­lari tashkil etish, o'quvchilarning ixtisoslashgan maktablar, professional ta'lim dargohlari, oliy ta'lim muassasalariga kirishi salmog'ini oshirish, asosiy fanlarni yaxshi o'zlashtirishlari uchun imkoniyat va shart-sharoit yaratish, umumta'lim maktabida beshta muhim tashabbus doirasida musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish va iste'dodini yuzaga chiqarish, jismoniy chiniqtirish, sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari, komp`yuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish, o'quvchi qizlarni kasb-hunarga o'rgatish kabi bir qator muhim vazifalar belgilandi.

Bundan tashqari, institut professor-o'qituvchilari umumta'lim maktablaridagi moslashtirilgan kutubxonani zamonaviy holatga keltirish bo'yicha amaliy yordam berishi, dizayn va haykaltaroshlik kafedralari professor-o'qituvchilari hamda bitiruvchi kurs talabalarini jalb etib, maktablar hududining landshaft dizayni lo­yihasini yaratish rejalashtirilgan.

Institut vakillari umumta'lim maktablarida dars jarayonlarini kuzatib, tahlil qilib boradi, uning natijalariga muvofiq maktab o'qituvchilarida aniqlangan kamchilik va bo'shliqlarni to'ldirish, metodik yordam berish maqsadida mahorat darslari, seminar-treninglar tashkil etiladi, rasm va chizmachilik sinfxonalarini ko'rgazmali qurollar bilan jihozlashda ko'maklashiladi, institutda maktab o'qituvchi va o'quvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” o'tkaziladi.

Maktablar bilan hamkorligimiz uzoq muddatga mo'ljallangan. SHu bois, Nurafshon hamda Ohangaron shaharlari hokimliklari bilan uch yillik chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqdik va tasdiqladik.

Maktablarda asosiy e'tibor bitiruvchilarni oliy ta'lim muassasalariga o'qishga kirishlari uchun ko'maklashish va kasbga o'rgatish, ikkinchi tomondan, quyi sinflarda tahsil olayotgan o'quvchilarni qiziqishlariga qarab kasb-hunar, san'at turlariga yo'naltirish, iste'dodlarini  yuzaga chiqarishga qaratiladi.

Kuzatishlarimiz, o'tkazilayotgan tadbir, tanlov hamda mahorat dars­lari maktablarimizda iste'dodli o'quvchilar ko'pligini ko'rsatmoqda. Ular o'z vaqtida kashf etilsa, to'g'ri yo'naltirilsa, rag'batlantirilsa, mahorati oshirilsa, chuqur bilimga ega bo'lsa, kelajakda o'z yo'lini topishda adashmaydi, qiyinchilik va muammolarga duch kelmaydi.

Bugun mamlakatimizda ta'lim sohasida, xususan, maktablarimizni bugungi kun talablari asosida tashkil etishda tub o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonga oliy ta'lim muassasalarining ham jalb etilayot gani bejiz emas. CHunki har ikki ta'lim muassasasi bir-biri bilan uzviy bog'liq: bir-birini to'ldiradi  va rivojlantiradi. Ularni biridan ikkinchisini ayro tasavvur etib bo'lmaydi.

Oliy ta'lim muassasasi bilan hamkorlikda ishlagan, ularning qanday va nima bilan “nafas olayotganini” anglagan maktab pedagoglari ham  o'quvchilarga bilim berish jarayonida ushbu omillarni, albatta, inobatga oladi. O'quvchi-yoshlarda esa maktabdalik paytidayoq oliy ta'lim haqida muayyan tasavvur paydo bo'ladi, qiziqish uyg'onadi, o'z kelajagini yanada yorqinroq tasavvur eta boshlaydi.

Ushbu hamkorlikning yana bir muhim jihati shundaki, endi maktablar erishayotgan yutuqlar, yo'l qo'yayotgan kamchiliklarga har ikki tomon ham birdek mas'ul. Bu, o'z nav­batida, o'zaro hamkorlik samaradorligini yanada oshirishda muhim omil bo'lib xizmat qiladi.

Maktablar bilan hamkorlikni yanada samarali tashkil etish va ularning rivojlanishiga hissa qo'shish institutimizning ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgilandi. Oliy ta'lim muassasasi va maktablar o'rtasida yo'lga qo'yilgan bunday hamkorlik yaqin kelajakda o'z mevasini berishi shubhasiz.

 Nodirbek  Sayfullaev,

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik

va dizayn instituti rektori