Uchrashuvda A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti
Toshkentdagi filiali faoliyatini samarali tashkil etish masalalari, shuningdek, hozirgi holat va Oʻzbekiston — Rossiya munosabatlarining istiqbollari masalalari yuzasidan kelishildi.
Uchrashuv Rossiya — Oʻzbekiston hukumatlararo komissiyasi (2020-yil avgust, oktyabr va 2021-yil may oylarida boʻlib oʻtgan) yigʻilishlari doirasida Toshkentda A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining filialini yaratish Rossiya Federatsiyasi bilan oʻzaro munosabatlarning asosini qoʻyishning mantiqiy davomi boʻldi.
Uchrashuvda Maktabgacha taʼlim vaziri A. Shin, vazir oʻrinbosari U. Begimqulov Rossiya Federatsiyasi Prezidentning xorijiy davlatlar bilan mintaqalararo va madaniy aloqalar boshqarmasi referenti A. Vlasov va departament xodimlari, Toshkent shahridagi A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti filiali direktori V. Popov, ijrochi direktori Q. Olimov va vazirlik boshqarma boshliqlari ishtirok etdi.
Uchrashuvda Toshkent shahridagi A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti filiali faoliyatini samarali tashkil etish bilan bogʻliq masalalar muhokama qilindi. Filialga 2021-2022 oʻquv yilida 8 ta taʼlim yoʻnalishi boʻyicha 81 ta davlat byudjeti va 324 ta davlat shartnoma asosida qabul kvotasi belgilanganligi va bugungi kunda “Inson psixologiyasi”, “Maktabgacha taʼlim” va “Lingvistika” (Rus tilini oʻqitish metodikasi) taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha konkurs yuqori ekanligi taʼkidlab oʻtildi. Shuningdek yangi oʻquv yilini samarali tashkil etish bilan bogʻliq va oʻquv yili davomida barcha yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar kelishib olindi.
Uchrashuvda Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Mittivoy” (“Malыsh”) loyihasi doirasida Respublikada bajarilayotgan xususan, loyihani amalga oshirish uchun pedagogika kollejlari huzurida 14 ta maydonchalar tashkil etilganligi, 14 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari tanlab olinganligi qayd etildi, deb xabar beradi Maktabgacha taʼlim vazirligi matbuot xizmati.









