Ota-onalarning fikrlari va mahalliy deputatlar kengashlari takliflariga muvofiq sentyabr oyidan bogʻchalar oʻz faoliyatini tiklaydi.

Respublikada karantin talablarini qisqartirish maqsadida Davlat Rahbari tomonidan berilgan koʻrsatmalarga muvofiq Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarori bilan quyidagilar ruxsat berildi:

2020-yil 5-sentabrdan boshlab:

Ota-onalarning fikrlari va mahalliy deputatlar kengashlari takliflariga muvofiq sentyabr oyidan maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumtaʼlim maktablarining anʼanaviy va masofaviy shakldagi faoliyatiga.

Bunda ushbu obyektlar quyidagi sanitariya talablariga rioya etishi talab etiladi:

xodimlar va bolalar (tarbiyalanuvchilar)ning sogʻligʻi holatini doimiy nazorat qilish (tana haroratini muntazam oʻlchab borish), tana harorati 37⁰S va undan yuqori boʻlgan yoki infeksiya alomatlari mavjud boʻlgan xodimlar va bolalar (tarbiyalanuvchilar)ni mashgʻulotlar chetlatish;

xodimlar tibbiy niqobdan foydalanishi va ijtimoiy masofani saqlashi;

sanitariya-gigiyena va dezinfeksiya talablariga qatʼiy rioya etish, bino xonalarni doimiy ravishda dezinfeksiya qilish, ularga kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion “toʻshak”lar bilan jihozlash.