Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida karantin qoidalariga qatʼiy rioya qilinadi

    Ta'lim 11 Yanvar 2022 3738

    Xabaringiz bor, yurtimizga koronavirusning “Omikron” shtammi kirib kelganida soʻng maʼlum cheklovlar oʻrnatildi.

    Shu munosabat bilan Maktabgacha taʼlim vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi:

    Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida “COVID-19 pandemiyasi davrida maktabgacha taʼlim tashkilotlarining ish faoliyatiga qoʻyiladigan vaqtinchalik sanitariya-gigiyenik talablar”ga qatʼiy rioya etiladi;

    davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bayram tadbirlari oʻtkazilishi vaqtinchalik cheklanadi;

    ota-onalar va tashqaridan mehmonlar kirishiga yoʻl qoʻyilmaydi (zarur vaziyatlarda soʻnggi uch kunlik PSR testi va emlanganligi haqida sertifikati boʻlishi lozim);

    yigʻilishlar oʻtkazilishi cheklanadi, zarur hollarda yigʻilishlarni videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish choralari koʻriladi;

    mazkur cheklovning buzilishiga yoʻl qoʻyilgan taqdirda tegishli tartibda javobgarlik choralari (hayfsan, jarima va b.q.) qoʻllaniladi.