➖ Vazirlar Mahkamasi huzurida Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi hamda uning hududiy vakillari lavozimlari tashkil etilmoqda;
➖ 2021/2022 oʻquv yilidan tuman va shaharlarda 207 ta chet tillarini oʻqitishga ixtisoslashgan maktablar faoliyati yoʻlga qoʻyilmoqda;
➖ taʼlimning barcha bosqichlari pedagoglari, magistratura va doktoranturaga oʻqishga kiruvchilar hamda davlat organlarining xodimlari uchun chet tillarini tegishli darajada bilishni tasdiqlovchi sertifikatga ega boʻlish talabi oʻrnatilmoqda;
➖ taʼlim muassasalarining kamida S1 darajadagi sertifikatga ega xorijiy tillar oʻqituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qoʻshimcha ustama haqi toʻlab boriladi;
➖ 2022-yil 1-yanvardan boshlab xorijiy tillardan sertifikatga ega davlat boshqaruv idoralarining barcha boʻgʻinlari xodimlariga lavozim maoshiga nisbatan qoʻshimcha ustama tashkilotlarning byudjetdan tashqari hamda ish haqi fondi doirasida byudjet mablagʻlari hisobidan toʻlanadi;
➖ xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi natijalarga erishganlarni ragʻbatlantirish maqsadida maktablar orasida oʻtkaziladigan prezident sovrini taʼsis etilmoqda (tuman bosqichida 100 mlngacha, viloyatlar bosqichida 250 mlngacha, respublika bosqichida 500 mln soʻmgacha pul mablagʻlari bilan mukofotlanadi).