Rossiya Federatsiyasida oʻquv yili 1-sentyabrda boshlanadi. Bu haqda taʼlim vazirligi viloyatlarga maktablarning yangi oʻquv yilidagi ishlari toʻgʻrisida qoʻshma xat yubordi. Agar epidemiologik vaziyat talab qilsa, oʻqituvchilar niqob taqishlari kerak. Bu mahalliy, munitsipalitet darajasida hal qilinadi. Ota-onalar buni talab qilsalar, bolalar ham niqoblarni taqishlari mumkin, ammo ular hech kimni majburlamaydi. Agar vaziyat yomonlashsa masofaviy oʻqitish imkoniyati taʼminlanadi.
Maktablarda yangi oʻquv yili yangi qoidalar asosida boshlanadi. Barcha maktablarning kirish qismida “ertalabki filtr” tashkil etiladi, harorat oʻlchanadi, agar isitma alomatlari boʻlsa, darslarga qoʻyilmaydi. Har bir sinfning alohida xonasi boʻladi. Bundan tashqari, oʻquvchilar uchun sinf xonalar yetarli boʻlmasa, majlislar zallari, kutubxonalar va hatto sport zallarini egallashga ruxsat beriladi.
Mashgʻulotlar paytida bir kishi kamida 2,5 kvadrat metr maydonga ega boʻlishi kerak. Oʻrta maktab oʻquvchilari koʻproq onlayn darslarga ega boʻladilar. Bu ularning ikki smenada oʻqiyotgan maktablar yukini yengillashtiradi. Taʼkidlash mumkinki, agar mamlakatda epidemiologik vaziyat yomonlashsa maktablar internetga qaytishga tayyor boʻlishi kerak. Oʻquv yili 1-sentyabrda boshlanadi. Biroq ommaviy tadbirlar taqiqlanadi.