Qayd etilishicha, maktablarda 2025-2026-oʻquv yili uchun 1-sinfga qabul 20-iyundan boshlanadi.
Reglamentga muvofiq, 1-sinfga qabul jarayonlari 2 bosqichda amalga oshiriladi:
1-Bosqich: 20-iyundan 31-iyulgacha mikrohudud doirasida,
2-Bosqich: 1-avgustdan 15-avgustgacha mikrohududdan tashqarida.
1-sinfga qabul jarayonlari quyidagi tuman (shaharlarda) shaklda davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladi.
Bunda ota-onalar 20-iyundan boshlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali roʻyxatdan oʻtib, ariza topshirishlari mumkin.
Davlat xizmatlari koʻrsatilmaydigan hududlarda 1-sinfga qabul qilingan oʻquvchilar vazirlik elektron tizimi (adm.maktab.uz) ga kiritiladi.
Eslatma! “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq, bolalar 7 yoshga toʻladigan yilda maktabga qabul qilinadi. Bu yil 1-sinfga 2018-yilning 31-dekabriga qadar tugʻilgan bolalar qabul qilinadi.