Unda keltirilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga ko‘ra, 2022–2026 yillarda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash hisobiga 1,2 million o‘quvchi o‘rni miqdoridagi yangi quvvatlar yaratilishi topshirilgan.
Qaror bilan 2022–2026 yillarda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlashning asosiy prognoz ko‘rsatkichlari tasdiqlangan bo‘lib, unga ko‘ra respublika bo‘yicha 2 899 ta maktabda qurilish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.
"Ayni damda bir sinfda o‘quvchilar soni 35 nafardan oshmasligi belgilangan bo‘lib, blogerlardan yolg‘on ma’lumotlar tarqatmaslikni so‘rab qolamiz", — deyiladi vazirlik axborotida.