Boyovut tuman kengashidagi deputat J.Rahmonqulovga “Navbahor” mahallasi fuqarolaridan hududdagi 49- va 53-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktablarida qurilish-taʼmirlash ishlari sust olib borilayotgani, bu ketishda maktablar oʻz vaqtida foydalanishga topshirilmay qolish ehtimoli borligi boʻyicha murojaat kelib tushdi.
Deputatimiz maktablarga borib qurilish-taʼmirlash jarayonlarini koʻzdan kechirib, fuqarolarning xavotirlari oʻrinli ekan, degan xulosaga keldi.
Shundan soʻng deputat mutasaddi tashkilotlar bilan bogʻlanib masalaga yechim izladi.
Sirdaryo viloyati “Yagona buyurtmachi” xizmati boʻlimi boshligʻi, tuman hokimi vaziyatni oʻrganib tegishli choralar koʻrdi. Jumladan, qurilish ishlariga qoʻshimcha mehnat resurslari jalb qilinishi, qurilish materiallari zaxirasini kengaytirish va ish jarayonini uch smenada tashkil etish belgilandi.
Shu kunning oʻzida qoʻshimcha 27 nafar quruvchi ustalar jalb qilinib, qurilish-taʼmirlash ishlari jadallashdi.










